Blog

Related Posts

Categories

JavaScriptda mantiqiy operatorlar
Ikhlas Aralbaev

Ikhlas Aralbaev

Mar, 22, 2022

JavaScriptda mantiqiy operatorlar

Bismillah.

Demak cho’zib o’tirmayman va dangal tushuntirishga harakat qilaman.

Bilamiz, JavaScriptda falsy va truthy qiymatlar degan tushuncha mavjud.

Bu ikki tushuncha bizga berilayotgan qiymatlarni tekshirishimizda yordam beradi.

Misol uchun, o’zgaruvchi null, undefined, “”, 0 bo’lsa dasturimizda ma’lum xatoliklar kelib chiqishi mumkinligi tabiiy hol.

Ularni ajratib turadigan ikki tushuncha esa falsy va truthy. Falsy qiymatlar ushbular:

  1. null
  2. undefined
  3. 0 (nol va nol qiymatlar)
  4. “” (bo’sh string)
  5. false
  6. NaN

Ushbular falsy qiymatlar bo’lsa ulardan qolgan barcha qiymatlar truthy qiymatlar hisoblanadi.

Misol uchun:

15, “bo’sh bo’lmagan string”, {objectlar: 1}, [‘arraylar’], true , …vaHokazo

Endi falsy va truthy qiymatlar bilan ishlash, ikki va undan ortiq qiymatlarni ichidan falsy yoki truthy qiymatlarni ajratib olishlar bilan shug’ullanadigan operatorlar mavjud. Ularning nomi mantiqiy operatorlar.

JSda 4 ta mantiqiy operatorlar mavjud.

Ular:

  1. && — AND (va) operatori
  2. || — OR (yoki) operatori
  3. ! — NOT (…emas) operatori
  4. ?? — Nullish coalescing (tarjimasini bilmiman https://s.w.org/images/core/emoji/13.1.0/svg/1f602.svg)

Demak boshladik.&& (AND) operatori

&& operatori – chapdan o’ngga yurib ilk falsy bo’lgan qiymatni aniqlab beradi.

Uning sharti shuki, barcha qiymatlar truthy bo’lishi kerak. Agar qiymatlar ichidan biror falsy qiymat chiqsa, shu zahoti tekshirish jarayoni to’xtaydi.

Nima qiymat qaytaradi ?

Agar if va shu kabi true va false qiymatni qabul qiladigan jarayonlar ichida bo’lsa true yoki false qaytaradi. Agar ulardan tashqarida bo’lsa, misol uchun o’zgaruvchiga qiymat berayotganda ishlatsak, u ayni to’xtagan falsy qiymatni qaytaradi yoki falsy yo’q bo’lsa eng oxirgi qiymatni. Misol uchun:

Bu malumotlar Mohirdev.uz platformasidan test uchun ko'chirib olindi!

Ikhlas Aralbaev

Ikhlas Aralbaev

Ikhlas Aralbaev 17y.o. ReactJS | Frontend Developer From. Uzbekistan

Comments